Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.
Shu maqsadda ota-onalar uchun maxsus so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Unda yashash manzili, farzand o‘qiydigan maktab va sinf, maktabga chiqish vaqti, foydalaniladigan transport turi hamda maktab avtobusiga ehtiyoj haqida ma’lumot kiritiladi.
Agar oilada bir nechta maktab yoshidagi farzand bo‘lsa, har biri haqidagi ma’lumot alohida ko‘rsatiladi.
So‘rovnomani to‘ldirish bir necha daqiqa vaqt oladi. Olingan ma’lumotlar Toshkent shahrida maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholash va o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay qatnov tizimini tashkil etishda qo‘llaniladi.
Ta’kidlanishicha, so‘rov davomida shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilmaydi. Natijalar faqat umumiy tahlil uchun ishlatiladi.
So‘rov Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomani to‘ldirish: Telegram bot


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter