Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari hamkorligida konferensiya o‘tkazildi

Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari hamkorligida konferensiya o‘tkazildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Toshkent shahrida Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi «UTID» bilan hamkorlikda «Xorijiy investitsiya va mutaxassislarning mehnat faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan izchil islohotlar» mavzusida konferensiya tashkil qilindi. Unda mahlliy va xalqaro ekspertlar, xorijiy biznes-sub’yektlari vakillari, vazirlik va idoralar vakillari qatnashdilar. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Konferensiyada asosiy e’tibor mamlakatimizda xorijiy investitsiya va mutaxassislarning mehnat faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi qonun hujjatlarining mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratildi. 

Mamlakatimizda 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga aralashuvini cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solishga qaratilgan islohotlar ham shular jumlasidandir.

Keyingi ikki yil ichida tadbirkorlik hamda investitsiya sohasini takomillashtirishga qaratilgan 30 dan ortiq normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilindi.

Xozirda barcha qonun xujjatlari loyihalari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozim. Bu ham investorlarga qonun hujjatlarining ishlab chiqilishi jarayonida o‘z taklif va mulohazalarini bildirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. 2030-yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishishga erishishni maqsad qilib qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring