Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda uch fuqaro sport zalida qo‘lga olindi. Sabab?

Toshkentda uch fuqaro sport zalida qo‘lga olindi. Sabab?

Foto: IIBB matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida bir nechta fuqarolarni sport zallardan olib chiqib ketishganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan bayonot berdi. 

Aytilishicha, Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi ish yurituvida fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi («Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish») alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.

Mazkur fuqaro xalqaro terroristik tashkilotlarga qo‘shilish maqsadida O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchining jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida bir nechta fuqarolar tergov idoralariga chaqirtirilgan, biroq ayrim fuqarolar uzrli sabablarsiz tergov organlariga kelishdan bosh tortganligi sababli, ular hududiy tuman IIO FMBga majburiy tartibda olib kelingan.

Ayrim fuqarolar Chilonzor tumanidagi sport zallarda bo‘lishgan va tuman IIO FMBga olib borilgan. Keltirilgan har bir fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, jinoyat ishiga aloqador bo‘lmagan fuqarolar qo‘yib yuborilgan. 3 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi doirasida qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan, deyiladi IIBB xabarida.

Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring