Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana ikki jinoyat olami vakiliga hukm o‘qildi

Toshkentda yana ikki jinoyat olami vakiliga hukm o‘qildi

Foto: IIBB.

Toshkentda yana ikki nafar jinoyat olami vakiliga sud jazo tayinladi.

Poytaxt hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat sodir etgan bir guruh shaxslar ushlangandi. 

Toshkent shahar IIBB tomonidan qo‘zg‘atilib tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 24 aprel kunidagi hukmiga ko‘ra 1985 yilda tug‘ilgan Fayziyev Alibek Shaxrulloyevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan o‘n ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining 14 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1990 yilda tug‘ilgan Amonov Olimjon Shuxratovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Avvalroq "Boxo zavxoz"  taxallusi bilan mashhur Bahodir Sultonovga hukm o‘qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring