Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yangi akvapark ochildi. Unga kirish narxi 45.000 so‘m! (foto)

Toshkentda yangi akvapark ochildi. Unga kirish narxi 45.000 so‘m! (foto)

Foto: «toshkent.uz»

Chilonzor tumanida yirik basseyn hamda 235 metrli sun’iy to‘lqinli ariqqa ega bo‘lgan akvapark ochildi.

Bugun, 14-iyul kuni Chilonzor tumani 6-mavzesida joylashgan turli suv inshootlaridan iborat «Oasis bog‘i»ning ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi ishtirok etdi.

Mazkur bog‘da atrofda salqinlikni ta’minlovchi go‘zal favvoralar bunyod etilgan, bundan tashqari suv sporti bilan shug‘ullanuvchilar uchun ham imkoniyat va sharoitlar yetarli. Bog‘da kattalaru bolajonlarning birdek miriqib dam olishini ko‘zlab zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Suv gorkalari tashkil etilgan, suzish havzalari ham turli yoshdagi aholi qatlamini inobatga olgan holda barpo qilingan. Suv havzalarining har biri eng zamonaviy filterlar bilan jihozlangan va bu suv doimo toza hamda tiniq bo‘lishini ta’minlaydi.

Maskanda aholimiz xohishiga ko‘ra favvoralar go‘zalligidan bahra olishi yoki suv havzalarida suv sporti bilan shug‘ullanib ham ruhan, ham jismonan chiniqishi mumkin. Toshkent shahar hokimligi va Madaniyat vazirligi «Oasis bog‘i»ning ta’sischilari hisoblanadi.

Bunyodkorlik ishlari «Respectable united service» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borildi. Roppa rosa 1 yilu 4 oy deganda aholining ko‘ngildagidek xordiq chiqarishi, ayniqsa o‘lkamizda kuzatilgan issiq yozda suvning salqin haroratidan bahramand bo‘lishiga xizmat qiluvchi bog‘ bunyod bo‘ldi.

Akvaparkdan 2 ming kvadrat metrni tashkil qiladigan to‘lqinli yirik basseyn hamda 235 metrni tashkil qiladigan harakatlanuvchi to‘lqinli ariq ham o‘rin olgan.

Akvapark metroning «Hamza» va «Mirzo Ulug‘bek» bekatlari oralig‘ida joylashgan. Akvaparkka kirish pullik. Kattalar uchun bilet 45.000 so‘m, 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lganlarga 25.000 so‘m. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa bepul kirish imtiyoziga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring