Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yangi harbiy shaharcha bunyod etiladi

Toshkentda yangi harbiy shaharcha bunyod etiladi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Toshkentda xalqaro standartlarga mos kampus quriladi, uning hududida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti joylashadi. Bu haqda  harbiy institut boshlig‘i Hakim Muhiddinov «Vatanparvar» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Kampus bu — xalqaro tilda ilmiy shaharcha degani. Bu shaharchada ilmiy-tadqiqot o‘tkazish, nazariyani o‘rganish, tajriba-amaliyot o‘tash hamda yashash uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Mazkur ilmiy shaharchada aloqa sohasiga oid harbiy qism barpo etiladi va harbiy qismga qo‘shinlarda qo‘llanilayotgan barcha turdagi aloqa va axborot kommunikatsiya tenologiyalariga oid texnika va uskunalar joylashtiriladi.

Harbiy qism yangi harbiy institut yonida joylashgani sabab, kursantlar bugungi o‘tgan mavzusini yoki o‘rgangan uskunasini ertasiga amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tashkil etilgandi.

Shuningdek, 13-fevral kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Quyoshli qo‘rg‘onida joylashgan 235 metrli antenna machtalari   yiqitilgan va uning o‘rniga harbiy shaharcha qurilishi aytilgandi.

Ma’lumot uchun: Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti nafaqat Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, balki 20 dan ortiq ta’lim muassasalari, jumladan, respublikadagi xorijiy hamkor universitetlar, masalan Toshkent Inha va Turin universitetining 3-bosqichini tugatgan, o‘qish yakunlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, sog‘ligining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan talabalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Harbiy institutni tamomlagan kursantlarga «leytenant» harbiy unvoni beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring