Toshkentda yuqori sinf o‘quvchilari darsxonalariga kamera o‘rnatiladi

Toshkent shahridagi barcha umumta’lim maktablarining 10- va 11-sinf xonalariga maxsus kameralar o‘rnatiladi.
Shu bilan birga maktablarda «Smart School» elektron dasturini joriy qilish orqali yuqori sinf o‘quvchilarining davomatini, ularni fanlarga qiziqishlarini va ta’lim sifatini nazorat qilish imkoni yaratiladi.
Toshkent shahar hokimi qarorida belgilanishicha, umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida o‘quvchilarning davomatini hamda ta’lim sifatini nazorat qilish maqsadida 10- va 11-sinf xonalariga maxsus kameralarni tuman mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahri Olmazor tumanida sinov tariqasida 31 ta umumta’lim maktablarining 250 ta sinflarida «Smart School» elektron dasturi orqali maktablarda ta’lim sifatini doimiy nazorat qilish, sinflarda o‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning ruhiy holatini sun’iy intellekt orqali aniqlash, shuningdek, o‘quvchilarning fanlarga qiziqishlarini hamda o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini baholash imkoni yaratilgan.
Manba: e-qaror.gov.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter