Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi saunalarning birida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar aniqlandi (foto)

Toshkentdagi saunalarning birida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar aniqlandi (foto)

Toshkent shahar IIBB

2018-yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumani hududida joylashgan «Zolotaya ribka» nomli saunada tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Mazkur tekshiruv davomida fuqarolar 1998-yilda tug‘ilgan Tashkenbayeva Kamolaxon Botir qizi, 1990-yilda tug‘ilgan Razzoqova Umida Maxmudovna va 1992-yilda tug‘ilgan Valiyeva Kumushlar saunada fohishalik bilan shug‘ullanib, mijozlar bilan jinsiy aloqa qilib kelganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu muassasa rahbari, 1983-yilda tug‘ilgan Abduraxmanova Lutfinisa Abduraxmon qiziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek K.B.Tashkenbayeva, U.M.Razzoqova hamda K.Valiyevalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 190 va 223-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring