Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdan Qozonga yo‘lovchi poyezd qatnay boshlaydi

Toshkentdan Qozonga yo‘lovchi poyezd qatnay boshlaydi

Toshkent-Yekaterinburg yo‘nalishidagi 315/316-sonli yo‘lovchi poyezd joriy yilning 8-dekabrdan boshlab Rossiyaning Qozon shahrigacha qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Poyezd belgilagangan jadvalga ko‘ra har shanba kunlari Toshkent Markaziy vokzalidan yo‘lga chiqib, seshanba kuni Qozon shahriga yetib boradi. E’tiborlisi, shu kunning o‘zida yo‘lovchi poyezdi Qozon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ortga harakatlanadi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ izoh berishicha, qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi temir yo‘l kassalari hamda temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring