Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentga Samarqanddan yangi avtobuslar olib kelinmoqda

Toshkentga Samarqanddan yangi avtobuslar olib kelinmoqda

Yil so‘ngiga qadar olib kelinishi rejalashtirilgan 72 ta SAZ LE 60 o‘rta sig‘imdagi avtobuslarning yana 12 tasi Samarqanddan Toshkentga qarab yo‘lga chiqqan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

Shu kungacha barcha qulayliklarga ega bunday avtobuslardan 46 tasi keltirilib, yo‘nalishlarga biriktirilgan edi.

Yil so‘ngiga qadar, ya’ni mazkur hafta davomida SAZ LE 60 avtobusidan yana 14 ta olib kelinadi. Ular ham yangi yildan poytaxt aholisiga xizmat qila boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring