Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshkentga tadbirkorlar kerak emas». Mulki auksionga qo‘yilgan tadbirkor xorijga ketdi

«Toshkentga tadbirkorlar kerak emas». Mulki auksionga qo‘yilgan tadbirkor xorijga ketdi

O‘zbekistonning eng yirik va ko‘zga ko‘ringan kompaniyalaridan biri — Caravan Group asoschisi va rahbari, taniqli tadbirkor Timur Musin restoran biznesi bilan shug‘ullanish uchun Nur-Sultanga jo‘nab ketdi. Bu haqda u 28 may kuni Feysbukdagi sahifasida bir xabar qoldirdi.

«Toshkentga tadbirkorlar, ish o‘rinlari, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish kerak emas. O‘rta Osiyo mehmonnavozligi bo‘yicha bilim, tajriba va falsafalarimni eksport qilaman. Karavan — Ostona!», — deb yozadi Musin o‘z xabarida.

Avvalroq, Caravan Group’ga tegishli Chelsea pabi va Cinara’s restorani kimoshdi savdoga qo‘yilgani ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring