Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turinda antifashistlar namoyishi tarqatib yuborildi (video)

Turinda antifashistlar namoyishi tarqatib yuborildi (video)

Foto: «Euronews»

Bugun, 23-fevral kuni Turin politsiyasi shahardagi mehmonxonalardan birida o‘tadigan o‘ta so‘l siyosiy harakatning mitingiga norozilik bildirib chiqqan antifashistlar namoyishini tarqatdi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Xabarda norozilik aksiyasida radikal yoshlar tashkilotining 500 nafar a’zosi ishtirok etgani aytiladi. Ulardan ikkitasi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda to‘rt nafar politsiyachi jarohat olgani ma’lum qilingan. 

Namoyishchilar politsiyaga tosh, shishalar, portlovchi moddalar, yog‘och parchalari solingan paketlarni uloqtirganlar. Politsiya esa suvpurkagichlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va tayoqlarni ishga solganlar.

Ushbu voqea Italiyada yangi hukumatni shakllantirshga xizmat qiladigan umumiy parlament saylovlari arafasida bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring