Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turizm qo‘mitasiga rahbar tayinlandi

Turizm qo‘mitasiga rahbar tayinlandi

Foto: Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati

Abdulaziz Oqqulov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Abdulaziz Oqqulov 2018-yilning 22-may kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar etib tayinlangandi. 2017-yilning yanvaridan 2018-yil mayigacha qo‘mitaning turizm sohasini rivojlantirishni tahlil qilish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U 2018-yil 26-oktyabr kuni ishdan ketgan Baxtiyor Umarov o‘rniga raislikni bajarib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring