Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 «Turkiston» saroyi atrofidagi daraxtlarga nega belgi qo‘yilgani aytildi

 «Turkiston» saroyi atrofidagi daraxtlarga nega belgi qo‘yilgani aytildi

Foto: Foto: Facebook / Mirzayor Erkin

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri «Turkiston» saroyi atrofidagi daraxtlar maxsus belgiga olingani, ular kesilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi ushbu holatga munosabat bildirdi.

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, Toshkent shahri markaziy ko‘chalaridagi daraxtlar holatini aniqlash maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan. Mazkur guruh ayni vaqtda Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab tabiiy omillar yoki o‘simlik zararkunandalari ta’sirida zararlangan, o‘zining biologik yoshini o‘tab bo‘lgan, turli kommunikatsiyalarga tahdid solayotgan daraxtlarni o‘rganib, maxsus belgilar qo‘ygan.

«Belgi ostiga olingan daraxtlar aniq kesiladi degan fikrlar noo‘rin bo‘lib, aksincha, mazkur daraxtlarni da’volash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi. Bunda har bir daraxtga individual yondashib, imkon qadar saqlab qolish, yangi ko‘chatlarni ekish rejalashtirilgan», – deyiladi qo‘mita xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring