Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyalik shifokorlar Namanganda murakkab operatsiyani o‘tkazishdi

Turkiyalik shifokorlar Namanganda murakkab operatsiyani o‘tkazishdi

Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bolalar kardiojarrohlik bo‘limida turkiyalik va o‘zbekistonlik shifokorlar tomonidan navbatdagi murakkab operatsiya amalga oshirildi.

Olti yoshli Bahodirjon Isroiljonov yurak tug‘ma nuqsonidan qiynalayotgan edi. Bolalar jarrohi, dotsent Salim Belichi va bolalar kardiologi Ibrohim Enche Bahodirjonning yuragi atrofida yig‘ilgan suyuqlikni chiqarib, karinar bo‘shlig‘iga drenaj o‘rnatib, «perikardiotsintez» amaliyoti mahorat bilan bajarildi.

Ikkinchi amaliyot yakunida 15 kunlik chaqaloq Imona  Ibrohimjonovaning hayotiga xavf solayotgan markaziy sianoz – yurakning me’yoridan ortiq urishi defibrillyator vositasida odatiy maromga tushirildi. Endi qizchaning salomatligidan xavotirlanishga hojat qolmadi.

Shuningdek, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilib, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri devoni huzuridagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tashabbusi bilan diyorimizga tashrif buyurgan turk olim-shifokorlari jarroh Yunus Emre, doktor Umid  Dogan va dotsent Ali Guneshlar uch kun mobaynida «Shoshilinch holatlarda bolalar hayotini saqlab qolish», «Operatsiyadan so‘ng bolalarni parvarishlash» mavzularida mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Ularda viloyatning davolash - profilaktika muassasalari hamda shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalarida faoliyat olib borayotgan bolalar jarrohlari, pediatrlar va anesteziologlardan 63 nafari ishtirok etdi.

Anjumanda nazariyotchi va amaliyotchi mutaxassislar pediatriyadagi asosiy shoshilinch yordam, nafas yetishmovchiligi va shok holatlarida  havo yo‘lini ochish hamda havo o‘tishini ta’minlash, yurak to‘xtashini davolash, ritm buzilishlarida yordam ko‘rsatish, travma holatlarida reanimatsiya hamda umurtqani fiksatsiyalash, bemor bolani reanimatsiyadan chiqarish kabi bir qator mavzularida ma’ruza qildilar.

Seminar-trening davomida TIKA agentligi tomonidan viloyatga beg‘araz yordam sifatida zamonaviy reanimobil taqdim qilindi. Mazkur tez yordam avtomashinasi eng mukammal tibbiy asbob-uskuna hamda qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, har qanday og‘ir kasallikni boshidan kechirayotgan bemorni xavfsiz va kafolatli ravishda shifoxonaga yetkazishga ixtisoslashtirilgan. Ayni paytda to‘rtta Tayota reanimobili Namangan shahar tez tibbiy yordam stansiyasi  tarkibida viloyat markazi aholisiga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring