Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell»: Iste’molchilar agentligi xabar topmasdan avval abonentlarga 97 mln. so‘m mablag‘ qaytarib bo‘lingan

«Ucell»: Iste’molchilar agentligi xabar topmasdan avval abonentlarga 97 mln. so‘m mablag‘ qaytarib bo‘lingan

Foto:«Xabar.uz»

«Ucell» kompaniyasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi veb-saytida chop etilgan «Ilovani yuklab oling, chiroqni ishqalang va sovg‘alarga ega bo‘ling» sarlavhasi ostidagi maqola bilan yuzasidan bir qator tushuntirishlar bilan chiqdi.

«Ucell» «First IT-Group» MChJ kontent-provayderi bazasida taqdim etilgan «Al-Chiroq» mobil ilovasi ishida aniqlangan texnik nosozlikni 2020-yil 30-sentyabrda bartaraf etishni boshlagan.

5-oktyabr kuni kompaniya abonenti tomonidan «Al-Chiroq» xizmatining ishlashi to‘g‘risida shikoyat bilan kompaniyaning Call-markaziga qayta qo‘ng‘iroq kelib tushgan paytda, texnik nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar kontent-provayder tomonidan muvaffaqiyatli yakunlandi va «Al-Chiroq» ilovasining ishlashi to‘liq tiklandi.

Texnik nosozliklarni bartaraf etilgandan so‘ng, ushbu mobil ilovadan foydalangan Kompaniya abonentlari uchun 30.09.2020 dan 05.10.2020 gacha muddatda bo‘lgan to‘lovlarni qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida tekshiruv boshlandi.

6-oktabrdan 9-oktabrgacha qayta hisob-kitob qilish uchun tahlil va barcha zarur protseduralarni o‘tkazilib, unda «Al-Chiroq» ilovasi faoliyatidagi texnik nosozlikni bartaraf etish davrida 337 975 abonent ushbu dasturdan foydalanganligi aniqlandi. Ushbu abonentlarning hisobidan yechib olingan 97 432 379,33 so‘m miqdoridagi mablag‘ 9 oktyabr kunining oxiriga qadar abonentlarga qaytarilgan.

«Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 337 975 nafar abonentga 97 million so‘mdan ortiq so‘m qaytarilishi haqida faqat 6-noyabr kuni Usell kompaniyasining agentlikning 2-noyabrdagi yildagi so‘rov xatiga bergan javobidan so‘ng xabar topgan» - deyiladi «Ucell» kompaniyasi xabarida.

Shu bilan birga, 19 noyabr kuni kompaniya qo‘shimcha ravishda har bir abonentga mablag‘ qaytarilganini tasdiqlovchi 6377 sahifadan iborat hujjatlarni agentlikka taqdim etgan.

Shuning uchun ham, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan berilgan maqoladagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan muammoni hal qilish jarayonida tizimdagi (2020-yilning 30-sentabrdan 4 oktyabrgacha) uskunalar ishlamay qolganligi sababli aksiya doirasida ishtirok eta olmagan 337 975 ta abonentining foydalanilmagan xizmat kunlari uchun mablag‘lari kompaniya tomonidan to‘liq qaytarib berildi va bu 97 432 379,33 so‘mni tashkil etadi», so‘zlari noto‘g‘ri ma’lumotdir, chunki aslid «Ucell» Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligidan 02.11.2020 yilda kelib tushgan so‘rovga qadar mablag‘larni qayta hisoblab chiqqan va pullarni o‘z abonentlariga qaytarib berib bo‘lgan.

«Ucell» har bir abonent bilan shaffof, ochiq, samarali va tiyiniga qadar aniqlikda ishlaydi» - deya yakunlanadi kompaniya rasmiy bayonoti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring