Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umra safari xarajatlari arzonlashdi, cheklov olib tashlandi

Umra safari xarajatlari arzonlashdi, cheklov olib tashlandi

Endi Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha (kvota) cheklovlar olib tashlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Avvallari uzoq navbat kutib umra ziyoratiga borgan fuqarolar 13 650 000 so‘m miqdorida pul to‘lagan hamda ularga Makka va Madina shaharlarida yaratilgan shart-sharoitlar bugungi kunda taklif etilayotgan xizmat turidan ancha past va qimmat bo‘lgan.

Masalan, 2016 va 2017-yillarda Makka va Madina shaharlardagi mehmonxonalar 2 va 3 yulduzli bo‘lib, Ikki Haram masjidlari oralig‘idagi masofaning uzoqligi hamda ziyoratchilarning mehmonxana oshxonasida ovqatlanish imkoniyatlari zamon talablariga javob bermagan.

Endi esa “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan Umra safariga bormoqchi bo‘lgan har bir fuqaro uchun to‘lanadigan mablag‘ qiymati 5 804 000 so‘m (borish-kelish aviachiptasidan tashqari) miqdorda arzon bo‘ldi. Mazkur mablag‘ga Saudiya Arabistoni Podshohligi rasmiy vizasi, Makka va Madina shaharlaridagi 5 va 4 yulduzli mehmonxona, o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlanadigan taomlar, 24 soatlik bepul tibbiy xizmat, O‘zbekiston ramzlari tushirilgan maxsus libos, ibodat qo‘llanmasi, beyjik, zamonaviy transport hamda boshqa ziyorat xizmatlari kiritilgan. Toshkent – Jidda – Toshkent aviachiptasi narxi esa 5 096 000 so‘m.

Shu bilan birga, hozirgi kunda umra safariga borish istagida bo‘lgan fuqarolarning ko‘p yillik navbatini bartaraf etish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish hamda turli xorijiy yo‘llar (xavfsizlik kafolatlanmagan tur firmalar) orqali mamlakatdan chiqib ketishlarining oldini olish maqsadida Umra mavsumini yil davomida tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring