Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uyda o‘tirgan ayollarga ham mehnat daftarchasi ochiladi

Uyda o‘tirgan ayollarga ham mehnat daftarchasi ochiladi

Foto: O‘zA

Uyida ishlovchi ayollarga ham endi mehnat daftarchasi ochiladi. O‘zA xabar berishicha, bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Anjumanda respublikamizda 59 ming ayol og‘ir ijtimoiy ahvolda kun kechirayotgani, ularni uy-joy, ishsizlik kabi muammolar qiynab kelayotgani takidlandi. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva nutqida bu muammolarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Prezidentimiz ayollar masalasiga oid bir qancha farmon va qarorlarni tasdiqladi. Natijada endi uyda o‘tirib mehnat qilayotgan ayollar ham qonuniy mehnat stajiga ega bo‘lishi mumkin. Hech qaysi davlatda bunday imtiyoz yo‘q. Misol uchun, uyda 20-30 ta tovuq boqib yoki tomorqasida mehnat qilayotgan ayollarga ham mehnat daftarchasi ochish mumkin. Ular uchun 4-7 foizli kreditlar berilmoqda. Yaqinda tizimimizda 11-46 raqamli yagona ishonch telefoni ishga tushiriladi. Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan, kimdir zo‘rlik, zo‘ravonlik o‘tkazayotgan, hayotida qiynalayotgan ayollar mazkur raqamga telefon qilishlari mumkin. Ularga malakali mutaxassislar tomonidan yordam beriladi, murojaatlar muallifi sir saqlanishi kafolatlanadi, — dedi Tanzila Norboyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring