Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uzun tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ishga tushirildi (foto)

Uzun tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ishga tushirildi (foto)

Joriy yilning 15-mart kuni Uzun tumani Davlat xizmatlari markazi uchun yangi bino ishga tushdi. Ushbu ob’yekt mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qurilgan.

Bino oq feruza ranglarda bo‘lib, zamonaviy dizayn standartlari asosida bezatilgan. Yumshoq mebellar bilan jihozlangan shinam kutish zallari, yosh bolali onalar uchun mo‘ljallangan bolalar maydonchasi mavjud.

Markazga tashrif buyuradigan fuqarolar  bepul Wi-Fi dan foydalanishlari mumkin. 20 dan ziyod ekranlarda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan taqdim etiladigan ayrim xizmatlar to‘g‘risida informatsion roliklar namoyish etilmoqda. Ushbu ekranlardan tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlari reklamasini shartnoma bo‘yicha joylashtirishi mumkin.

Fuqarolar  bu yerda Davlat xizmatlaridan tashqari notarius, FHDYo bo‘yicha xizmatlardan ham foydalanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, binoda tuman xalq qabulxonasi ham o‘rin olgan. Ikkita bank kassasi faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Markaz 190 ming aholiga ega Uzun tuman xalqiga tezkor, qulay hamda shaffof bo‘lgan 105 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatish elektron navbat olish orqali amalga oshiriladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring