Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zarxiv» agentligi YuNESKOning maxsus sertifikati bilan taqdirlandi

«O‘zarxiv» agentligi YuNESKOning maxsus sertifikati bilan taqdirlandi

Foto: «Xabar.uz»

2018 yilning 22 mayida «Poytaxt» Biznes-markazida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan «Xiva xonligi devonxona hujjatlari» fondi YuNESKOning 2016-2017 yillardagi nominatsiyasi bo‘yicha «Jahon xotirasi» dasturining Xalqaro ro‘yxatiga kiritilganligi munosabati bilan maxsus sertifikat bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, YuNESKOning butun jahon hujjatli merosini muhofaza qilish «Jahon xotirasi» (Memory of the World) Dasturi 1992 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, 1997 yildan hujjatli merosni xalqaro, mintaqaviy va hududiy reyestrlari yuritiladi. 2016-2017 yilda «Jahon xotirasi» dasturiga kiritish maqsadida turli mamlakatlardan 130 ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 78 ta nomzodnomalar tanlab olingan. Ular orasida O‘zbekistonda saqlanayotgan Xiva xonligi arxiv hujjatlari Xalqaro ro‘yxatda 3 o‘rinda e’tirof etilib dunyo ahamiyatiga molik bo‘lgan bebaho hujjatli meros sifatida qayd etildi.

Shuningdek, tadbirda Xiva xonligi devonxonasi asl arxiv hujjatlaridan tarixiy-hujjatli ko‘rgazma ham tashkil etildi. Unda Xiva xonligi tarixiga doir Xiva xonining Angliya konsuli bilan diplomatik yozishmalari (1263 hijriy - 1846 milodiy yil), Afg‘oniston amiri Abduraxmonxonning Xiva xoni Muhammad Raximxonga yozgan do‘stlik maktubi, oddiy fuqarolarning Xiva xoniga yuborgan murojaatlari, Xiva xonligi fuqarolarining xorijga chiqish uchun olingan pasporti kabi hujjatlar namoyish etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring