Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir deputatlar oldida noqulay ahvolga tushib qoldi

Vazir deputatlar oldida noqulay ahvolga tushib qoldi

Hukumat soatida Qurilish vazirining axborotini eshitish chog‘ida vazir «Qishloq qurilish invest» kompaniyasi tomonidan qilinayotgan noqonuniy ishlarga javob berishda juda noqulay ahvolga tushib qolgan. «Qishloq qurilish invest»ning bosh direktori Q.Hoshimbekov esa gapni olib qochgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev telegramdagi kanalida yozdi.

«Lekin bir guruh deputatlar invest qurdirayotgan uy joylarni joyida borib o‘rganish va kimlar bu uylarni olayotganligini tekshirishga kelishib olishdi, vazir esa sharoit yaratib beradigan bo‘ldi», — deb yozdi deputat.

«Spiker o‘rinbosari S.Otamuratov «Qishloq qurilish invest» bosh direktori Q.Hoshimbekovdan «Nima uchun sizning xodimlaringiz Parlament vaqti ko‘rsatuvida arizachilarning arizasini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan jarayonda intervyu berishdan qochib ketdi?» deb so‘ragani ham vaziyat qanchalik og‘ir ekanligini bildiradi. «Parlament vaqti» ko‘rsatuvi «O‘zbekiston 24» kanalida berilgandi... Xullas, Hukumat soatida aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash borasida Qurilish vaziri bilan bo‘lgan savol-javobdagi bahsli vaziyat haqida tez orada to‘liqroq bildiraman. Buyog‘i qiziq ketayapti», — deydi Rasul Kusherbayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring