Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlar Mahkamasi veyp va qizdiriladigan tamaki mahsulotlari uchun texnik reglament joriy qildi

Vazirlar Mahkamasi veyp va qizdiriladigan tamaki mahsulotlari uchun texnik reglament joriy qildi

18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 290-sonli qarori bilan tamaki mahsulotlariga texnik reglament tasdiqlandi. Unda veyp va qizdirilagan tamakilar uchun bir qator talablar belgilandi.

Shunday qilib, talablar quyidagilardan iborat: bir marta ishlatiladigan veyp tarkibidagi nikotin o‘z ichiga olgan suyuqlik hajmi 5 ml dan oshmasligi kerak. Veyp kartridjlarida – 2 ml, flakonlarda – 10 ml bo‘lishi lozim.

Texnik reglamentda veyp suyuqliklarida ishlatilishi mumkin bo‘lmagan moddalar ro‘yxati tasdiqlandi. Bular: diasetil, S va E vitaminlari, E vitamini asetati, kafein, taurin, guarana va boshqalar.

Bundan tashqari, veyp qadoqlarida iste’molchilarni nikotinga qaramlik va ushbu mahsulot iste’moli natijasi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi «qo‘rquvga soluvchi rasmlarni» qo‘llash kerak bo‘ladi.

Veyp suyuqliklarida nikotin miqdori bo‘yicha mavjud cheklov hisobga olingan holda – 1 ml uchun 20 mg qilib O‘zbekistonda belgilanganligi, veyp iste’molchilari xavfsizligini ta’minlab, «har tomonlama» tartibga solinmoqda deb ta’kidlash mumkin.

Shunga o‘xshash talablar (ba’zi tarkibiy qismlardan foydalanishni taqiqlash, «qo‘rquvga soluvchi rasmlar» va boshqalar) texnik reglament qizdiriladigan tamakiga nisbatan ham o‘rnatildi.

Mamlakatdagi barcha veyp va qizdiriladigan tamakilarni sotuvga chiqarishdan oldin majburiy sertifikatlash, ya’ni xavfsizlik va sifatni tasdiqlash protsedurasi amalga oshiriladi.

Hujjat 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi va bu tegishli bozorlarda nazoratsiz erkinlikning tugatilayotganini anglatadi. Davlat veyp va qizdiriladigan tamakining sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring