Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Video. «To‘yona — bu pora»

Video. «To‘yona — bu pora»

Foto: «Heraldk.com»

Bugun, 14-mart kuni Xalqaro press-klubda «Maslahatli to‘y tarqamas yoxud tanazzulga olib borayotgan hoyu havas» mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Nuroniy» va «Mahalla» jamg‘armalari vakillari, jamiyatshunos olimlar, yozuvchilar, mahalliy va xalqaro OAV xodimlari ishtirok etdi.

Sessiyada to‘ylardagi ortiqcha dabdababozlik va xarajatlarning oldini olish bo‘yicha turlicha fikrlar, takliflar va tanqidlar aytildi. Xususan, XPK raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev to‘yonaga ham alohida e’tibor berib, to‘ylarda beriladigan ushbu hadyani poraga tenglashtirdi.

Shu va boshqa fikrlar bilan quyidagi videolavhada tanishib olishingiz mumkin:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring