Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Visola topildi: u sog‘-salomat

Visola topildi: u sog‘-salomat

Foto: «Foto: Toshkent shahar IIBB

Internet OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bedarak yo‘qolgani aytilib, qidirilayotgan toshkentlik 14 yoshli Visola G‘ofurova  topildi:  u sog‘-salomat, ayni paytda oilasi bag‘rida.

Shu yilning 29-noyabrida Toshkent shahrida yo‘qolib qolgani bildirilgan Visola Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi qarindoshlarinikida ekan. Bundan  qizning  ota-onasi bexabar bo‘lishgan, ular avvaliga o‘zlari qidirishgan, natija chiqmagach, ichki ishlar idoralariga murojaat qilishgan.

Qizning daragi chiqishida  ichki ishlar idoralari xodimlari, shuningdek, o‘zganing tashvishiga e’tiborsiz bo‘lmagan yurtdoshlarimizning alohida hissasi bor.  

Keles shahridagi maktab o‘quchisi Visola G‘ofurova 29-noyabrda soat taxminan 12larda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi qarindoshlari uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring