Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq banki «BankExpo-2019» ko‘rgazmasida o‘z mijozlarini taqdirladi

Xalq banki «BankExpo-2019» ko‘rgazmasida o‘z mijozlarini taqdirladi

Foto: Xalq banki matbuot xizmati

«O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida «BankExpo-2019» bank-moliya xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu ko‘rgazmada aksiyadorlik tijorat Xalq banki o‘zining bank xizmatlari aks etgan stendlari, tarqatma materiallari, buklet va flayerlari, malakali mutaxassislari bilan faol ishtirok etyapti.  

Ta’kidlash lozimki, ushbu ko‘rgazma doirasida AT Xalq bankining hududlardagi eng yaxshi sakkiz nafar mijozi tadbir doirasida bankning maxsus tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangani barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. 

Ko‘rgazma pavilionida tashkil etilgan Xalq banki stendiga ko‘plab mijozlar, jumladan, yosh tadbirkorlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, yurtimiz aholisi va mehmonlari qiziqish bildirmoqda. Ularga bankning malakali mutaxassislari tomonidan maslahatlar, savollariga javoblar, shuningdek, bank xizmatlari haqidagi tarqatma materiallar berilmoqda.

Rasmiy sayt: xb.uz 

Telegram: https://t.me/xalqbankinfo

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring