Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda Xalq qabulxonalariga 11 ta «Cobalt» avtomobili berildi

Sirdaryoda Xalq qabulxonalariga 11 ta «Cobalt» avtomobili berildi

Sirdaryo viloyatidagi prezident Xalq qabulxonalariga 11 ta «Cobalt» rusumli xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar berdi. 

Tadbirda xalq qabulxonalari bugungi kunda aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimlari topishda samarali tizimni yo‘lga qo‘ygani bois fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda ovoragarchiliklarning kamaygani, bundan tashqari tizimga ko‘plab mutasaddi tashkilotlar vakillarining jalb etilgani sababli murojaatlarning aksariyati joyida hal etilayotgani ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Xolmirza Qo‘ldoshevning aytishicha, joriy yil 17 yanvardagi «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga ko‘ra, xalq qabulxonalari vakillariga aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish kabi vazifalar yuklatilgan edi.

Mazkur farmonda xalq qabulxonalarini avtomashinalar bilan ham ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Bu mashina tumandagi olis-olis qishloqlarga ham bemalol borib kelish, u yerdagi aholi muammolarini atroflicha o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring