Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xayrli ishdan g‘ayirli maqsad ko‘zlaganlar. Ta’ziya marafoni o‘tkazilmaydi

Xayrli ishdan g‘ayirli maqsad ko‘zlaganlar. Ta’ziya marafoni o‘tkazilmaydi

Foto: «Gubkin.Uz»

«Orzu va hayot» xalqaro xayriya jamoat fondi rahbari Ilhomjon Qosimov Oqto‘ba shahrida yuz bergan fojea — avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilalariga moddiy yordam berish maqsadida xayriya marafonini o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Biroq Toshkent vaqti bilan 16:00da start berilishi rejalashtirilgan mazkur xayriya marafoni bekor qilindi. Bu haqda Ilhomjon Qosimov o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Assalomu alaykum, azizlarim. E’lon qilingan ta’ziya marafoni o‘tkazilishi haqidagi xabarni to‘xtatildi, deb hisoblashingizni so‘rayman. Qandaydir kimsalar aynan biz toza fikr bilan boshlagan xayrli ishimizdan g‘ayirli maqsadda foydalanib o‘zlari hisobraqam ochib, butun ijtimoiy tarmoqqa mening nomimdan harakatlanishni boshlab yuborishibdi. Har xil javobgarlikdan o‘zimni soqit qilish maqsadida o‘tkaziladigan ta’ziya marafonini o‘tkazmaslikga qaror qildim», deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 52 kishining hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli fojia Qozog‘iston Respublikasi Oqto‘ba viloyati Irg‘iz tumani hududidan o‘tuvchi «Samara-Chimkent» yo‘lida yuz bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring