Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xayrli ishga qo‘l urildi

Xayrli ishga qo‘l urildi

Andijon tumanining Hakan qishlog‘i, Qurama mahallasi, Serfayz ko‘chasida mehr va e’tiborga muhtoj bir xonadon bor. O‘ksik ko‘ngilni shod etmoq niyatida ota-ona, yaqinlar halak.

2008 yilda ostogenez kasalligi bilan tug‘ilgan Muslimaxon Qodirjonovani yo‘qlab, bugun naq poytaxtdan mehmonlar keldi. Ya’niki, Toshkent shahridagi «Hamkor Stimul Servis» Innovatsion loyihalar ilmiy tadqiqot markazi va O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Muslimaxonga tibbiy jihoz va sovg‘alar ulashdi.

— Korxonamizda tayyorlanayotgan «FloraMix» tibbiy ko‘rpachalaridan taqdim qildik, — deydi korxona rahbari Shohida Sultonova. — Sholi qipig‘i hamda dorivor giyohlar aralashmasidan ishlab chiqarilgan mazkur mahsulot imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus massaj jarayonini amalga oshirishda, harakatlanish davomiyligini barqarorlashtirishda yordam beradi.

Mazkur tadbiri doirasida viloyatning Andijon tumani, Andijon va Xonobod shaharlaridagi e’tiborga muhtoj bolalar ham beminnat muruvvatdan bahramand bo‘ldilar.

Muyassarxon Umurzaqova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring