Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi

Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi

Foto: «Gazeta.uz»

Xorazm viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, O‘zbekiston Bosh prokurorining 2018-yil 27-fevraldagi buyrug‘iga muvofiq Jahongir Jo‘rayevich Hotamov Xorazm viloyat prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlangan.

2017-yilning 6-oktyabridan buyon Xorazm viloyati prokurori vazifasini bajarib kelayotgan Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi PF-5361-sonli farmoniga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i etib tayinlanganidan so‘ng mazkur lavozim bo‘sh turgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Hotamov avval Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan (2017−2018-yillar), ungacha esa Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan (2016−2017-yillar).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring