Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasining «Telegram»dagi kanali ishga tushdi

Xotin-qizlar qo‘mitasining «Telegram»dagi kanali ishga tushdi

Foto: «Norma.uz»

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini doimiy yoritib borish hamda jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish maqsadida «Telegram» ijtimoiy tarmog‘ida o‘z rasmiy sahifasini tashkil qildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu kanalda Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatiga doir barcha yangiliklar va sohada yuz berayotgan o‘zgarishlardan link ko‘rinishida xabardor bo‘lish imkoniyati taqdim etiladi. Kanaldagi yangiliklar o‘zbek va rus tillarida joylashtirib boriladi.

Qo‘mitaning «Telegram»dagi  rasmiy kanaliga a’zo bo‘lish uchun telegramingizdagi qidiruv yo‘lakchasiga @wcuuz deb qidiruv berish va JOIN tugmasini bosish lozim. Yoki quyidagi havolani bosish orqali kanalga avtomatik tarzda qo‘shilish mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring