Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xotin-qizlarimizni sotishdi, beshta bola beshta otadan, 14 yoshli qiz tuqqan...» — Prezident

«Xotin-qizlarimizni sotishdi, beshta bola beshta otadan, 14 yoshli qiz tuqqan...» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent viloyati faollari bilan yig‘ilishda davlatimiz rahbari «Mehr» operatsiyasiga ham to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

— Mana, 156 nafar yurtdoshimizni Yaqin Sharqda urush bo‘layotgan joydan olib keldik. Xo‘sh, ular nima uchun ketgan? Ahvolimiz xarob bo‘lgani uchun, sharoit bo‘lmagani uchun ketgan. Lekin u yerda nima bo‘ldi? Xotin-qizlarimizni sotishdi, beshta bola beshta otadan, 14 yoshli qiz tuqqan. Shu holat bizga yarashadimi?

Ularni Vatanga olib kelish juda qiyin bo‘ldi. Qancha davlatlar bilan gaplashdik. Samolyotni u yoqqa qo‘ndirish, terroristlarni qo‘lidan olib chiqish oson emas. Lekin qaytardik — nima bo‘lgandayam ular bizning vatandoshimiz.  Endi nima qilish kerak? Nuroniylar, jamoatchilik qayoqqa qarayapti? Kim buni tushuntiradi? Bunday narsalar hammamizni o‘ylantirishi, qiynashi kerak, — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring