Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 10 ta xususiy bandlik agentligiga litsenziya berildi

Yana 10 ta xususiy bandlik agentligiga litsenziya berildi

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Bugun, 7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Xususiy bandlik agentliklariga tantanali ravishda litsenziya topshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor, 2018-yil 16-oktyabrda Prezident tomonidan «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi Qonun imzolangan edi.

Mazkur qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xususiy bandlik agentliklarini ro‘yxatga olish va fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish uchun litsenziya berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi.

Xususan, Vazirlik tomonidan xususiy bandlik agentliklari reyestri va O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish xizmatlarini taqdim etuvchi https://reestr.mehnat.uz sayti ishga tushirildi. Ushbu tizim asosida bugungi kungacha Xorazm, Samarqand, Andijon, Toshkent viloyatlaridagi «Xorazm», «Arm-inter group», «Tian Shan», «Amilee Bahora», «Human» singari 5 ta Xususiy bandlik agentligiga fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyalar berildi.

Fuqarolarni xorijda ishlashga yuborish vakolati shu paytgacha faqat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida mavjud edi. Endilikda mazkur vazifani Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligidan tashqari Respublikaning turli hududlarida joylashgan litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklari ham erkin amalga oshirishlari mumkin.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida o‘tkazilgan marosimda yana 10 ta ana shunday Xususiy bandlik agentliklariga litsenziyalar taqdim etildi.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Jumladan, litsenziyaga ega bo‘lgan «Taraqqiyot», «Avangard Personal», «Korean and Migrations», «Historical Travel», «Vodiy HR», «Status777», «Goodwill», «Recruit Consulting», «Euroasia Innovation», «International Experience» kabi xususiy bandlik agentliklari Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Toshkent shaharlarida fuqarolarga rasman xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring