Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi tayinlangan tergovchi va surishtiruvchilarga ish qurollari topshirildi (foto)

Yangi tayinlangan tergovchi va surishtiruvchilarga ish qurollari topshirildi (foto)

Foto: Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan 16 nafar bitiruvchi Toshkent viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘limlariga tergovchi va surishtiruvchi vazifalariga tayinlandi, — deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Yosh xodimlarga tergov jarayonida zarur bo‘ladigan barcha ish qurollari: kompyuter jamlanmasi, xizmat daftarlari, tergovchi maxsus sumkasi, amaliy qo‘llanmalar va eslatmalar, jinoyat, jinoyat protsessual va ma’muriy kodekslar hamda kanselyariya anjomlari topshirildi.

Yosh xodimlar ishga qabul qilinganini Toshkent viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Allamuradov rasman e’lon qildi hamda ularning faoliyatida omad tiladi.

Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha tergovchi va surishtiruvchi xodimlari tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida turli izlarni, ashyolarni topish, kuzatish, ko‘chirib olish va qayd etish uchun zarur texnik vositalarni jamlagan maxsus tergov sumkalari bilan ta’minlayotgani haqida avval xabar bergandik

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring