Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi yil oldi narxlari: bozorlarda qaysi mahsulot qimmatladiyu, qay biri arzonlashdi?

Yangi yil oldi narxlari: bozorlarda qaysi mahsulot qimmatladiyu, qay biri arzonlashdi?

Foto: «surxontongi.uz»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining o‘tgan haftadagi holatini ma’lum qildi.

Mol go‘shti 26 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha 
 
d4a57e40_1fcc_4c7e_832b_f38075e3abd3_cx0_cy10_cw0_w1023_r1_s.jpg
 
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shtini 26000 so‘mdan 40000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotib olish mumkin.   
 
Eng arzon narxlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. 1 kg. mol go‘shtining narxi 26000 so‘mdan boshlansa, eng qimmat narx ham ushbu bozorda – 40000 so‘m.   
 
Poytaxtimiz markaziy bozorlarida 1 kg. mol go‘shtini 28000 – 38000 so‘mdan xarid qilish mumkin. 
 
Qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha 
 
15ed8d8d_8cee_41e0_9432_40e557dd2162_w1023_r1_s.jpg
 
Poytaxt bozorlari orasida Chorsu dehqon bozorida qo‘y go‘shti nisbatan arzon. 1 kg. qo‘y go‘shti ushbu bozorda 28000 – 37000 so‘mgacha sotilmoqda. Qo‘yliq, Mirobod, Farhod dehqon bozorlarida 28000 – 38000 so‘m, Yunusobod dehqon bozorida 34000 – 40000 so‘mgacha sotilmoqda.
 
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg. qo‘y go‘shti 42000 – 44000 so‘m.
 
Tovuq go‘shti 12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha 
 
9255f1ea211f0420f24e0d9bb2df9f51_720x480.jpg
 
Eng qimmat narx Farg‘ona markaziy dehqon bozorida – 19000 – 20500 so‘m
 
Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000 – 18000 so‘m. 
 
Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 17000 so‘mdan sotilmoqda.  
 
Guruch 4000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha 
 
ris_devzira_2_4_lazer.jpg
 
Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz arzonlashganini kuzatish mumkin.
 
Eng qimmat narx Navoiy shahri «Sahovat» MChJga qarashli markaziy dehqon bozori – 6000 – 13000 so‘m.

Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri) – 3500 – 10000 so‘m.

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha 
 
fe6ddc67a20b6100053ad6be91646d72.jpg
 
Eng arzon narxlar Farxod dehqon bozori – 8000 – 11000 so‘m.
 
Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 10000 – 13000 so‘m.
 
Bu haftada o‘simlik yog‘i ko‘plab hududlarda biroz qimmatlashdi. 
 
Un 1 500 so‘mdan 4 500 so‘mgacha 
 
1_1.jpg
 
Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg. 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.
 
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori  (Andijon viloyati) –  4000 – 4500 so‘m. 
 
Shakar 4 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha 
 
2018_05_08_171720_36c09f33c.jpg
 
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 5000-5500 so‘m. 
 
Eng arzon narx Qo‘yliq dehqon bozori  (Toshkent shahri)da – 4200 – 4500 so‘m. 
 
Tuxum 450 so‘mdan 700 so‘mgacha 
 
eggs_1.jpg
 
Kuzatishlar bu haftada ham tovuq tuxumining narxida o‘zgarishlar bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda.  
 
Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450-700 so‘mdan xarid qilish mumkin.
 
Kartoshka 1 200 so‘mdan 3 000 so‘mgacha 
 
kartoshka.jpg
 
Poytaxt bozorlarida 1 kg. kartoshkani o‘rtacha narxlarda 2000 so‘mdan xarid qilish mumkin. 
 
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 2000 – 3000 so‘mgacha. 
 
Piyoz 500 so‘mdan 1 000 so‘mgacha 
 
pic181005142156859.jpg
 
Eng arzon narx poytaxt markaziy bozorlarida  – 500 so‘mdan 1000 so‘mgacha.
 
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori  (Andijon viloyati)da – 1250 – 1500 so‘mgacha. 
 
Xo‘jalik sovuni 1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha
 
pic180806095050264.jpg
Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan 4000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda xarid qilish mumkin. Eng arzoni esa 1500 so‘mdan sotilmoqda. 

Manba: uza.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring