Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident farmoni: yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish deb e’lon qilindi

Prezident farmoni: yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish deb e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyev

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, yangi yil bayrami munosabati bilan 5 kun ketma-ket dam olish kuni belgilandi. Xususan, 2-yanvar dam olish kuni deb e’lon qilindi, 6-yanvardagi dam olish kuni esa 3-yanvarga ko‘chirildi. 6-yanvar rasman ish kuni deb belgilandi.

Farmonning sharhida qayd etilishicha, mazkur hujjat davlat bayramlari davrida, qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida fuqarolarga to‘liq va foydali dam olish uchun qo‘shimcha sharoitlarning yaratilishini ta’minlashga qaratilgan. Shu maqsadda 2018-yilda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik kuni davlat bayramlariga to‘g‘ri kelgan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek ayrim dam olish kunlarini ushbu bayram sanalariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirilishi amalga oshirilmoqda.

Natijada 2018-yilda bayram kunlarida uzluksiz dam olish davomiyligi qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va ayrim dam olish kunlarni ko‘chirish orqali ta’minlanadi:

Yangi yilga — 5 kalendar kuni (2017-yil 30 va 31-dekabr — kalendar bo‘yicha dam olish kunlari, 2018-yil 1-yanvar — ishlamaydigan bayram kuni, 2018-yil 2-yanvar — qo‘shimcha ishlamaydigan kun, 2018-yil 3-yanvar — 6-yanvardan ko‘chirilgan dam olish kuni);

Navro‘z bayramiga — 5 kalendar kuni (18-mart — kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 19-mart — 17-martdan ko‘chirilgan dam olish kuni, 20-mart — ko‘shimcha dam olish kuni, 2018-yil 21-mart — ishlamaydigan bayram kuni, 22-mart — 24-martdan ko‘chirilgan dam olish kuni);

Mustaqillik kuniga — 5 kalendar kuni (2018-yil 31-avgust — ko‘shimcha ishlamaydigan kun, 2018-yil 1-sentyabr — ishlamaydigan bayram kuni, 2-sentyabr — kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 3 — sentyabr 15-sentyabr shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni, 4-sentyabr — 8-sentyabrdan ko‘chirilgan dam olish kuni).

Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik kuni bayram kunlariga qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi mehnat ta’tili davomiyligi uch ish kuniga qisqarilishi hisobiga qoplanishi ko‘zda tutilmoqda. Bunda:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 134-moddasida belgilangan mehnat ta’tilining eng kam davomiyligi (15 ish kunlari);

Davlat bayramlariga to‘g‘ri kelgan, belgilangan mehnat ta’tilining qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarini qo‘shish yo‘li bilan xodimga yillik mehnat ta’tili davomiyligiga berilishi lozim bo‘lgan to‘lovlar miqdori saqlanishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring