Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yolg‘iz bolasi bilan ko‘chada qolib ketgan ayolga uy berildi (video)

Yolg‘iz bolasi bilan ko‘chada qolib ketgan ayolga uy berildi (video)

Skrinshot: «Zamon»

Toshkent shahar IIBB multimedia markazining xabar berishicha, bundan bir oy avval ichki ishlar xodimlari Xoja Ahror Valiy masjidi yonida yosh bolasi bilan o‘tirgan Muyassar ismli ayolning vaziyatini o‘rganishib unga yordam berishgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u bir necha kun bolasi bilan ko‘chada qolib ketgan, bekatlarda tunashga majbur bo‘lgan.

Shundan so‘ng, ayolning farzandi shahar onkologiya shifoxonasiga joylashtirilib, plastik kartochka ochildi, moddiy yordam ko‘rsatildi.

«Zamon» dasturida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston xotin-qizlari qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ham mazkur ayol bilan uchrashib, unga boshpana topishda ko‘mak berilishini ma’lum qilgan.

Natijada tashkilot yordami bilan ayolga Namangan shahridan bir xonalik uy berildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring