Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yordamga muhtoj ayollarga arzon uy-joylar berish tartibi tasdiqlandi

Yordamga muhtoj ayollarga arzon uy-joylar berish tartibi tasdiqlandi

Illyustrativ surat.

Foto: «Xabar.uz»

2018-yilning 12-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining «Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, yilning  kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Ushbu qarorga ko‘ra:

— og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy- joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar qurish 2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan na’munaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi hajmda ajratiladi:

— I toifaga kiradigan tumanlarda – bittadan ikki, uch qavatli uylarga xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylardan;

— II toifaga kiradigan tumanlarda – ikkitadan ikki, uch qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylardan;

— I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida – oltitagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);

— II toifaga kiradigan shaharlarda – o‘ntacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);

— nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridagi xonadonlar ajratiladi.

Qaror bilan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining:

— 25 foizi Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, talabgor ishlayotgan tashkilot hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);

— 75 foizi ipoteka asosida tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi;

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarni so‘ndirish:

— talabgorning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar;

— talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” hayriya fondining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring