Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi o‘tkaziladi

Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi o‘tkaziladi

«O‘zikkilamchiranglimetall» AJ, Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi, «Artel», xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, «Adolat» SDP bilan hamkorlikda «Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazma korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarni kashf etish va ularning yangi, raqobatbardosh innovatsion g‘oyalarini hayotga tadbiq etishga safarbar etishdan iborat.

Ko‘rgazmada yosh olimlar, tadqiqotchilar, talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Ular o‘z ilmiy va amaliy ishlanmalarini namoyish etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra eng yaxshi innovatsion g‘oya mualliflariga homiylarning qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Yarmarka tashkilotchilari iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish, mamlakatimizning ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishidan umidvor.

Mazkur yarmarkada o‘zining innovatsion g‘oyasini taqdim etmoqchi bo‘lganlar quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

+99871-2587478 yoki +998998980382 raqamiga telegram orqali yuborishingiz mumkin
Yarmarka 28-mart kuni poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan «O‘zikkilamchiranglimetall» AJga qarashli «YOSHLAR SPORT CITY» majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring