Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«YuNESKO» vakolatxonasi Blogerlar chempionati uchun yangi nominatsiya kiritdi

«YuNESKO» vakolatxonasi Blogerlar chempionati uchun yangi nominatsiya kiritdi

Foto: «Xabar.uz»

Birlashgan millatlar tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Blogerlar chempionatiga maxsus nominatsiya kiritdi.


Mavzuga doir:
Qo‘llanma: Blogerlar chempionatida qanday ishtirok etish mumkin?


YuNESKO vakolatxonasi blogerlarni «Media informatsion savodxonligi va fuqarolik jurnalistikasiga qo‘shgan hissasi uchun» alohida taqdirlaydi.

Bunda ko‘tarilgan mavzu muhim va dolzarb bo‘lishi, til me’yorlari, etika qoidalariga qat’iy amal qilish, multimediya fayllarining sifati hamda miqdori hamda axborotning naqadar aniqligiga alohida e’tibor qaratiladi.


Mavzuga doir:
Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?


Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionati uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. G‘olib va sovrindorlar 14 iyun — Xalqaro blogerlar kunida tantanali ravishda taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring