Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuridik universitetga kiritaman deb tanishini 11 ming dollarga «uxlatgan» firibgar ushlandi

Yuridik universitetga kiritaman deb tanishini 11 ming dollarga «uxlatgan» firibgar ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari fuqaro M.T.ning murojaati bo‘yicha  tergovga qadar tekshiruv olib borishdi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro M.G. 2018-yilda tanishlari orqali fuqaro M.T.ni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura avvalroq, Farg‘onada AQSh dollarini rangli printerda qalbakilashtirganlar ushlanganini xabar bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring