Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Argentina so‘nggi daqiqalarda gol urib, JCh finaliga chiqdi

Argentina so‘nggi daqiqalarda gol urib, JCh finaliga chiqdi

Foto: Sportbox

Argentina Angliya ustidan g‘alaba qozonib, 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati finaliga yo‘l oldi. 

Atlantadagi o‘yin 2:1 hisobida yakunlandi. Barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi. 

Inglizlar Entoni Gordonning goli evaziga hisobni ochdilar. Ammo argentinaliklar 85-daqiqada Enso Fernandesning ajoyib zarbasi bilan hisobni tenglashtirdilar. Lautaro Martines qo‘shimcha vaqtning ikkinchi daqiqasida hisobni o‘zgartirdi. 

Shu tariqa, Argentina ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga chiqdi. Ular o‘z chempionligini Ispaniyaga qarshi himoya qiladilar. Inglizlar bronza medali uchun Fransiya bilan raqobatlashadilar.

Angliya - Argentina 1:2

Gollar: 55 - Entoni Gordon, 85 - Enso Fernandes, 90+2 - Lautaro Martines

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring