Fransiya JChdagi ilk yarim finalchiga aylandi
Fransiya 2026 yilgi Jahon chempionatining birinchi yarim finalchisiga aylandi.
Jahon chempionati chorak finali o‘yinida Fransiya Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe 60-daqiqada gol urdi. Olti daqiqadan so‘ng yana bir fransuz hujumchisi Usman Dembele ham to‘p kiritdi.
Birinchi bo‘limning o‘rtalarida Mbappe penaltini amalga oshira olmadi. Bu yilgi turnirning eng yaxshi to‘purari poygasida Mbappe argentinalik Lionel Messiga yetib oldi - ikkalasida ham sakkiztadan gol bor.
Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining yarim finalida ham fransuzlar Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etishgandi.
14 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatining birinchi yarim finalida fransuzlar Ispaniya-Belgiya o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter