Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Britan shtammi» Gruziyagacha yetib keldi

«Britan shtammi» Gruziyagacha yetib keldi

Foto: «UNIAN»

Gruziyada ilk marotaba Buyuk Britaniyada qayd etilgan koronavirus yangi shtammini yuqtirish bo‘yicha holat mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda Gruziya Kasalliklarni nazorat qilish milliy markazi rahbari o‘rinbosari Paata Imnadze ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yangi shtamm bo‘yicha uchta namuna tekshirilganida ularning ikkitasi manfiy, bittasi yangi shtamm bo‘lib chiqdi. Shtamm topilgan 50 yoshdan oshgan bemor o‘zini yaxshi his etyapti va izolyasiyada saqlanyapti.

Imnadze ushbu bemorning biomateriali aloqalari ham o‘rganilayotganini qo‘shimcha qilgan. Yangi shtammni yuqtirgan odam Britaniyada bo‘lmagan, uning qaysi mamlakatga safar qilganini amaldor sir tutdi.

Yangi shtamm odatiy koronavirusdan og‘ir kechishi yoki ko‘proq o‘limga olib kelishi hozircha tasdiqlanmagan, biroq yuquvchanligi o‘ta yuqoriligi bois xavfsizlik choralarini ko‘paytirish yanada dolzarblashadi.

«Worldometer»ga ko‘ra, 5-yanvar holatiga, Gruziyada pandemiya davrida koronavirusni yuqtirish holatlari 232 mingtadan oshdi (jahonda 42-o‘rinda), qurbonlar soni — 2646 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring