Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SSV yangi kasallanish holatlari haqida ma’lumot berdi

SSV yangi kasallanish holatlari haqida ma’lumot berdi

2020-yil 26-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3290 (+9) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazida, qolgan 6 nafari Samarqand viloyatida karantinga olingan fuqarolar ichida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2636 (+29) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Avval xabar qilganimizdek, sog‘ayganlarning 15 nafari Toshkent shahri, 2 nafari Andijon viloyati, 7 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Xorazm viloyati hamda 2 nafari Samarqand viloyatidan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 640 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring