Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vaksina olgandan so‘ng qanday parhezga rioya qilish kerak?

Vaksina olgandan so‘ng qanday parhezga rioya qilish kerak?

Insonda immun tizimi kuchli bo‘lsa kasallikni tez yengish mumkin yoki kasallik uni aylanib o‘tadi, xavf sezilmaydi. Bunda ovqatlanish ratsioniga qat’iy amal qilish maqsadga muvofiq. Har qanday kasallikka qarshi vaksina olishning  o‘ziga xos tartib qoidalari mavjud. Ya’ni vaksina olish uchun ham immun tizimi mustahkam bo‘lishi lozim.

Bu haqda Rossiya ovqatlanish va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy direktori, diyetolog Viktor Tutelyan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

— Koronavirusga qarshi emlashdan oldin parhez tarkibiga oqsilli mahsulotlar kiritilishi kerak: go‘sht, baliq, tuxum va tanadagi vitaminlar darajasiga, birinchi navbatda D vitaminiga e’tibor qaratish lozim. Vaksina o‘ziga xos antitelalarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida qo‘llaniladi, shunday ekan, oqsilga ehtiyoj katta. Vaksina olgandan keyin ham ushbu parhezga qat’iy rioya qilish lozim. Aynan koronavirus bilan og‘rigan ko‘pchilikda D vitamini va boshqa yog‘da eriydigan vitaminlar yetishmovchiligi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring