Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaziyat jiddiy: birgina mamlakatda koronavirusning 16 turi aniqlandi

Vaziyat jiddiy: birgina mamlakatda koronavirusning 16 turi aniqlandi

Foto: «RIA»

Keniya ilmiy-tadqiqot tibbiyot instituti mutaxassislari o‘tgan yilning iyunidan oktyabrigacha mamlakatda 16 turdagi koronavirus tarqalganini ma’lum qilishdi. Bu haqda mahalliy «Nation» gazetasi xabar berdi.

Koronavirusning har xil turlari tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamida sakkizta okrugdagi 200 dan ortiq odamning tahlil namunalarini o‘rganish natijasida olingan.

Qayd etilishicha, mamlakatda koronavirusning jami 20 ta mutatsiyasi aylanishi mumkin. Ulardan to‘rttasi o‘tgan yilning mart oyida pandemiya boshlanganda aniqlangan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Keniyada aniqlangan koronavirusning variantlari «Britaniya» va «Janubiy Afrika» shtammlaridan ancha farq qiladi. Ularning mamlakatda aniqlangani haqida hali xabar berilmagan. Ammo ta’kidlanishicha, hozirgacha birgina Keniyada aniqlangan noyob tur sog‘liqni saqlash mutaxassislarini tashvishga solmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mintaqaviy vakolatxonasi xabariga ko‘ra, Keniyada aniqlangan COVID-19 holatlari soni 98 ming kishidan oshdi, kasallik tasdiqlangan bemorlarning 1,7 mingdan ortig‘i vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring