Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiota. Mayitlarni olib ketish katta muammoga aylangani aytilmoqda

Zangiota. Mayitlarni olib ketish katta muammoga aylangani aytilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Zangiotadagi kasalxona o‘likxonasidan mayitlarni olib ketish katta muammoga aylanmoqda. Bugun tarmoqda  tarqalgan lavhada o‘likxona oldida to‘plangani va vafot etgan yaqinlari jasadini olib ketish uchun katta muammo yo‘liqishayotgani anglashiladi. Aytilishicha, marhumlarning haqiqatda vafot etganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etganlar soatlab kutishga to‘g‘ri kelayotir. "Ishi yurishayotgan" tobut tashishga ixtisoslashgan mashinalar ham xizmat haqini ko‘tarib olishgan:  700 ming so‘mdan boshlanib, yo‘lning uzoqligiga qarab  narx balandlab boraveradi...

Bunday manzaralar koviddan vafot etayotganlarga oid rasmiy statistikaga nisbatan asosli shubha tug‘dirishi aniq. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioda sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyev Zangiotadagi maxsus shifoxonada, «kislorod davleniyasi tushib ketayotgani uchun har kuni bir nechta odam o‘layotgani»ni aytganidan keyin-ku shubhalar battar oshdi.

A. Hojiboyevning gaplariga Sog‘liqni saqlash vazirligi odatdagidek "sip-silliq" izoh berish bilan cheklandi, xolos. Unda «kislorod davleniyasi tushib ketayotgani uchun har kuni bir nechta odam o‘layotgani»ni xususida  deyarli churq etilmaydi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring