Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilda Saudiya Arabistonida ilk kinoteatr paydo bo‘ladi

2018-yilda Saudiya Arabistonida ilk kinoteatr paydo bo‘ladi

Jamoat kinoteatri

Foto: «Aif.ru»

Saudiya Arabistonida birinchi jamoat kinoteatrlari kelasi yilning mart oyida ochilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qiladi «Reuters».  Ayni paytda kinoteatrga litsenziya olish bilan bog‘liq jarayonlar ketmoqda.

Aytishlaricha, o‘ttiz yildan beri mamlakatda katta ekranlarda ommaga filmlar taqdim etilmagan. Bunga diniy qarashlar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Aholi bunday ko‘ngilochar tomoshalardan qaytarilgan.

Bundan oldin Saudiya Arabistonida ayollar uchun ilk fitnes klubi ochilgandi. Shuningdek, ayollarga mamlakatdagi uchta stadiondagi sport maydonlariga kirishga ruxsat berishgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring