Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktyor Oybek Odilov olamdan o‘tdi

Aktyor Oybek Odilov olamdan o‘tdi

Foto: «Kino-Teatr.RU»

Marhum san’atkor Inog‘om Odilovning farzandi — aktyor va rejissyor Oybek Odilov xastalik tufayli bugun, 10-dekabr kuni olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.uz».

Oybek Odilov ilk bor Zulfiqor Musoqovning «Ayol zoti» serialida tomoshabin nazariga tushgan. U «Osmon yaqin» filmidagi roli orqali tanilgan. Shuningdek, mohir dublyaj aktyori sifatida ham o‘ziga xos ovoz sohibi edi. Uning yorqin xotirasi hamkasblari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi. Sirli tabassumi esa o‘zbek kinosining ekranlarida barhayot.

Marhum bugun asr namozida so‘nggi manzilga kuzatiladi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligini izhor qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring