Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Berlin — Oqqo‘rg‘on» filmining suratga olish ishlari yakunlandi

«Berlin — Oqqo‘rg‘on» filmining suratga olish ishlari yakunlandi

Foto: «uzbekkino.uz»

Filmda Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq o‘ziga xos siyosiy o‘yinlar fonida ikki — o‘zbek va yahudiy oilalarida kechayotgan voqealar aks etgan.

«O‘zbekkino» milliy agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, rejissyor Zulfiqor Musoqovning «Berlin-Oqqo‘rg‘on» badiiy filmida Ikkinchi jahon urushida jon olib, jon bergan vatandoshlarimizning jasorati misolida mash’um urushning ayanchli oqibatlari turli millat vakilllarining taqdirlari orqali hikoya qilinadi.

Kartinada Ikkinchi jahon urushiga oid ko‘plab ma’lumotlar, tarixiy shaxslar o‘rin olgan. Bu ma’lumotlar bugungi kun yoshlarining dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi manba vazifasini o‘tashi barobarida, filmda aks etgan voqealar, asosiy qahramonlarning hayot yo‘llari o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishishida o‘ziga xos namuna vazifasini o‘taydi.

Filmning tasvirga olish ishlari yakunlanib, uning taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring